Talabalarimiz Belarus o'lkasi va madaniyati bilan yaqindan tanishishmoqda

Talabalarimiz Belarus o'lkasi va madaniyati bilan yaqindan tanishishmoqda

TMI-PDU qoʻshma fakultetida 2 yil tahsil olgan talabalar 3-bosqichda oʻqishini hamkor Polotsk Davlat universitetida davom ettirishni boshlaganliklari haqida maʼlum qilgan edik.

 

PDU axborot xizmati xabar berishicha, 17-sentyabr kuni qoʻshma fakultetda tahsil olayotgan talabalarimiz Minsk shahri boʻylab navbatdagi shahar bilan tanishuv sayohatlarini amalga oshirishgan.

 

Mazkur sayohat davomida talabalarimiz Belarus mamlakatining tarixiy yodgorliklari, diqqatga sazovor joylari bilan bevosita tanishishgan. Xabarda bunday amaliy tanishtiruv jarayonlari, sayohatlar hali davom ettirilishi taʼkidlangan.

 

 

 

22:04 / 2021-09-23
Success helper
Success warning