Institut talabalari xalqaro almashinuv dasturlarida
Joriy o’quv yilining 1 semestrida xorijiy davlatlarning grant tanlarovlari va TMIning hamkor xorijiy universitetlari bilan talabalar almashinuviga doir kelishuvlariga asosan institutning jami 24 nafar, shu jumladan, Rim Sapienza Universitetida (Italiya) – 12 nafar, Slovakia Respublikasi Hukumati granti asosida Bratislava iqtisodiyot universitetida – 7 nafar, Global UGRAD dasturi asosida Alyaska Ankorij Universiteti (AQSH)da – 1 nafar, Buxarest iqtisodiy fanlar universitetida – 3 nafar hamda Woosong Universitetida(Koreya) – 1 nafar talaba-yoshlari xorijning nufuzli universitetlarida talabalar almashinuvi dasturi asosida tahsil olmoqdalar.