“Zamonaviy menejmentda boshqaruv psixologiyasi” mavzusida master-klass o‘tkazildi

“Zamonaviy menejmentda boshqaruv psixologiyasi” mavzusida master-klass o‘tkazildi

2024-yil 3-yanvar kuni Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” va “Iqtisodiyot” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirokida  Milliy Olimpiya qo‘mitasi psixologi, PhD., dotsent Abdumajidova Dildora tomonidan  “Zamonaviy menejmentda boshqaruv psixologiyasi” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

 

 

Master klassda dotsent D.Abdumajidova bugungi kunda menejment va iqtisodiyot sohasida ta’lim olayotgan talabalarga dars o‘tishda boshqaruvning zamonaviy usullari hamda boshqaruv jarayonida psixologiyaning ahamiyati haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, boshqaruv psixologiyasining mazmuni, uning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi.

 

 

 

 

Mahorat darsi davomida dotsent D.Abdumajidova kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klassning ko‘proq o‘tkazilishi hamda ta’lim sifati oshishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

17:04 / 2024-01-03
Success helper
Success warning