Adiblar xiyoboni — ma'naviyat maskani

Adiblar xiyoboni — ma'naviyat maskani


2023-yilning 26-sentabr sanasida “Adiblar xiyobonida” Madaniyat va sanʼat boʻlimi hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti bilan birgalikda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. 








Tadbirda Madaniyat va sanʼat boʻlimi boshligʻi, shoir Bobur Bobomurod ishtirok etib, kirish soʻzi bilan boshlab berdi hamda adibning oʻzbek adabiyotidagi oʻrni haqida talabalarga soʻzlab berdi. Undan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos olima Gulnoza Sattorova soʻzga chiqib, Abdulla Qahhor hayoti va ijodi, adib xotirasiga bagʻishlab qurilgan uy muzeyi haqida maʼlumotlar berib, adib haqidagi mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. 











Fakultet Talabalar teatr studiyasi tomonidan adib qalamiga mansub “Mahalla” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl ishtirokchilar va mehmonlarga taqdim etildi. 

Fakultetda tahsil olayotgan adabiyotga qiziqishi baland boʻlgan yoshlarning chiqishlari qolgan tengdoshlarini ham adib ijodiga va sheʼriyatga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirdi. Talabalar viktorina savol-javoblarida ham qatnashib, sovgʻalarga ega boʻlishdi.





Madaniyat va sanʼat boʻlimi bosh mutaxassisi, “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli rahbari N.Ortiqmatovning jonli ijrodagi musiqiy chiqishlari esa tadbirga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

 

18:38 / 2023-09-26
Success helper
Success warning