ATB Aloqabank xodimlari tomonidan ishga qabul qilish yuzasidan tanlov oʻtkazildi

ATB Aloqabank xodimlari tomonidan ishga qabul qilish yuzasidan tanlov oʻtkazildi

2021-2022 oʻquv yili bitiruvchilari va asosiy ish beruvchilar oʻrtasida muloqotni tashkil etish maqsadida joriy yilning 11-12-oktyabr kunlari ATB Aloqabank xodimlari ishtirokida talabalarni ish oʻrinlariga tanlab olish boʻyicha tanlovning dastlabki bosqichi oʻtkazildi.

Mazkur tanlovni ATB Aloqabankning Xodimlarni tanlash va baholash boshqarmasi boshligʻi A.Ollaberganov, Gʻaznachilik departamenti direktori N.Temirov, Korporativ akademiya departamenti direktori Sh.Shodiyev, Mirobod Hududiy kompleks xizmatlar koʻrsatish markazi direktori Oʻ.Jololovlar oʻtkazdi. Tanlovda institutning bitiruvchi kurs talabalari faol ishtirok etishdi.

 

 

18:51 / 2021-10-14
Success helper
Success warning