Xalqaro hamkorlik doirasidagi amaliy harakatlar

Xalqaro hamkorlik doirasidagi amaliy harakatlar

Joriy yilning 11-noyabr kuni institut prorektori A.Islamkulov boshchiligida delegatsiya Malayziyadagi Osiyo Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universitetiga (Asia Pacific University) tashrif buyurdi.

 

Tashrif doirasida APU universitetining rahbariyati bilan muzokara o‘tkazildi. Muzokarada malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ikki oliygoh o‘rtasidagi istiqboldagi ta’lim va ilmiy jarayondagi amaliy faoliyatlarini tashkil etish kabi muhim masalalar muhokama etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini amalga oshirish qaratilgan memorandum imzolashga kelishildi.

 

 

 

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, APU universiteti 1993-yilda tashkil etilgan bo‘lib, QS World University Rankings reytingida 621-630 o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, oliygoh Malayziya oliy ta’lim muassasalari reytingi orasida xalqaro talabalar jihatidan 1 o‘rinni egallagan.

18:02 / 2023-11-11
Success helper
Success warning