Banklar bilan hamkorlik davom etmoqda

Banklar bilan hamkorlik davom etmoqda

Hozirgi kunda Oliy talim muassasalarini bitirayotgan talabalarni ish bilan ta'minlash o'qish davrining o'zidayoq amalga oshirilmoqda. Shu munosabati bilan Toshkent Moliya Instituti Bank ishi fakulteti hamda “Turonbank” ATB Yunusobod filiali hamkorligida fakultetning 3 va 4 bosqichda ta'lim olayotgan talabalarni filialiga suhbat asosida qabul qilish maqsadida joriy yilning 26-oktabr kuni fakultet dekani U.Ortiqov, dekan muovini S.Djumanov hamda 35 nafar talabalar filialga tashrifi amalga oshirildi.





“Turonbank” ATB Bank xavfsizligi va axborotlarni muhofaza qilish boshqarmasi Yunusobod filiali mutaxassisi A.Xodjiakbarov hamda filial xodimlar bilan ishlash boyicha bosh mutaxassisi L.Amonova talabalar bilan suhbat asosida tanlov amalga oshirdilar.  Tanlovning asosiy maqsadi yuqori malakali xodimlarni ishga qabul qilish orqali bankning strategik maqsadlariga muvaffaqiyatli erishishni ta’minlash hisoblanadi.


11:23 / 2021-10-27
Success helper
Success warning