“Bilimlar jamiyat koʻzgusi, kelajagi va ertangi rivojidir” mavzusidagi tadbir

“Bilimlar jamiyat koʻzgusi, kelajagi va ertangi rivojidir” mavzusidagi tadbir

2022-yil 27-sentyabr kuni “Iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida 3-talabalar turar joyida “Bilimlar jamiyat koʻzgusi, kelajagi va ertangi rivojidir” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida J.Nurullayev, N.Xasanxonova, O.Namozov, K.Kilicheva va A.Xolmuminov birinchi kursga kirgan talabalarni tabriklab, ilm olish yoʻlida boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirish lozimligini, ilm-fan jamiyatni yaxshilik sari undovchi kuch ekanligini aytib oʻtishdi.

Jumladan, tadbir davomida dotsent J.Nurillayev bilim, ilm va taʼlim uygʻunligini yoritib oʻtdi. Soʻnggi yillarda barcha sohalar qatori ilm, fan va taʼlim tizimi ham yuksalishning yangi bosqichiga kirganligi, sohalarini rivojlantirishning innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga jiddiy eʼtibor berilmoqda ekanligini gapirib oʻtdi. 

Talabalar bilan suhbat jonli oʻtdi, koʻpgina savollar boʻldi.

10:00 / 2022-09-28
Success helper
Success warning