Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va rolini yoritishga bag‘ishlangan “Konstitutsiya -  inson huquqlari va erkinliklarining kafolati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va rolini yoritishga bag‘ishlangan “Konstitutsiya -  inson huquqlari va erkinliklarining kafolati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 

Davra suhbatida  “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri S.Otamuratov talabalarga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun va mohiyati, ahamiyati haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, Konstitutsiyamiz mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishiga xizmat qilib, erkin va farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelayotganligi,  mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohot va o‘zgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilayotganligi, bu esa uning  xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjat ekanidan dalolat berishini ta’kidlab o‘tdi.












 

Konstitutsiyada shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yilganini alohida ta’kidlashimiz lozim deb ta’kidladilar. Shuningdek, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berilganligi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etilgani, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlanganligini aytib o‘tildi.

17:32 / 2023-12-05
Success helper
Success warning