Bank ishi fakultetida “Dekan kubogi-2021”

Bank ishi fakultetida “Dekan kubogi-2021”

Joriy yilning 30-oktabr kuni Toshkent moliya instituti "Bank ishi" fakultetida Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning 2-bandini ijrosini ta`minlash hamda institutda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo'yicha ishlab chiqilgan "Yoʼl xaritasi" doirasida "Sport - salomatlik garovi" shiori ostida sportning futbol, volleybol, basketbol, shaxmat, stol tennis kabi turlari boʻyicha fakultet talabalari o'rtasida “Dekan kubogi-2021” sport musobaqalari bo'lib o'tdi.      









 

Sport tadbirida fakultet dekani U.Ortiqov, dekan muovini S.Djumanov, “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi mudiri F.Tashpulatov, kafedra professor-o`qituvchilari  hamda fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad talabalarni bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish, ularni sportga yanada jalb etish hamda sog`lom avlodni tarbiyalash.        

Musobaqa so`ngida barcha sport turlari bo`yicha g`oliblar aniqlandi va taqdirlandilar.
 




 

10:00 / 2021-11-01
Success helper
Success warning