Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent moliya instituti rektorining tabrigi!

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent moliya instituti rektorining tabrigi!

Hurmatli professor-oʻqituvchilar,
aziz talaba-yoshlar!


Bugun oʻzida islom dinining ezgu gʻoyalarini yaqqol ifoda etuvchi Qurbon hayiti mamlakatimiz boʻylab, shuningdek, butun musulmon olamida keng nishonlanmoqda. Ushbu saodatli kun munosabati bilan institutimiz professor-oʻqituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman!


Ushbu qutlugʻ kunda sizlarga, butun el-yurtimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilayman.


Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy taʼlim tizimini yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga mazkur sohada yetishib chiqayotgan kadrlar masalasi bilan bevosita bogʻlik ekanligi taʼkidlash lozim. Institutda taʼlim jarayoni bugungi zamonaviy taʼlim standartlariga mos qilib tashkil etilgan boʻlib, ilmiy salohiyatni yanada oshirish borasida katta hajmli ishlar olib borilmoqda. Mazkur amaliy harakatlar natijasi oʻlaroq, oliy taʼlim muassasalarining milliy va xalqaro reytinglarida yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.


Albatta, bunday ilgʻor natijalar qayd etilishida institutda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlarining oʻrni beqiyosdir. Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyati yuqori. Har yili talabalarimiz turli xalqaro va mahalliy fan olimpiadalarida, tanlovlarda, mahalliy, mintaqaviy, jahon sport musobaqalarida munosib qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallab kelishmoqda. Quvonarlisi, bunday talaba-yoshlarimizning safi oshib bormoqda.


Bir soʻz bilan aytganda, institutda taʼlim jarayoni bugungi zamonaviy taʼlim standartlariga mos tashkil etilgan boʻlib, ilmiy salohiyatni yanada oshirish borasida katta hajmli ishlar olib borilmoqda. Oʻylaymanki, bundan natijalar oldimizga qoʻygan ulkan va xayrli ishlarimizning debochasidir.


Institutimiz ahil jamoasi! Qadrli talaba-yoshlar!

 

Fursatdan foydalanib yana bir bor ushbu ulugʻ va muqaddas ayyom bilan Sizlarni muborakbod etaman. Sizga oilaviy tinchlik, sihat-salomatlik, baxtu-saodat tilayman!


Toʻlqin Teshabayev,
Toshkent moliya instituti rektori,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

06:46 / 2023-06-28
Success helper
Success warning