Eʼtibor va eʼzozdasiz, aziz ustozlar!

Eʼtibor va eʼzozdasiz, aziz ustozlar!

Ustoz va murabbiylik eng mashaqqatli hamda sharafli kasbdir.

 

Ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida o‘qituvchi va murabbiylarimizning beqiyos hissasi borligini yaxshi bilamiz va sizlarning bu ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz. Ustozlarimizga eʼtibor - bu jamiyatimizga eʼtibor hamdir. Ustozlarni qadrlash va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish kelgusi faoliyatidagi ishlariga o‘ziga xos kuch bo‘ladi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Xususan, Toshkent moliya institutida ham o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan katta bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda institut rahbariyati, institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etishdi.

 

Ushbu tadbir davomida, institutimizda uzoq vaqtlardan beri samarali faoliyat olib borayotgan, fidoyi ustozlarimiz munosib rag‘batlantirildi. Ularga qimmatbaho va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

08:20 / 2021-10-01
Success helper
Success warning