“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” oyligi doirasida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” oyligi doirasida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

2023-yilning 11-fevral kuni “Bank  hisobi va audit” kafedra haftaligi doirasida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi Giyohvandlik qarshi kurash boʻlimi tezkor xodimi mayor A.Shoraxmedov, Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi tezkor xodimi F.Yunusov, Madaniyat va sanʼat boʻlimi boshligʻi B.Bomuradov, “Bank  hisobi va audit” kafedrasi mudiri Z.Umarov hamda kafedra professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.








Tadbirda soʻzga chiqqan soha mutaxassislar tomonidan bugungi kunda global muammoga aylangan bu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi, giyohvandlik ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab boʻlishi, giyohvandlik nafaqat insonning oʻziga balki atrofdagilariga ham yomon oqibatlar olib kelishi, turli xil kasalliklar keltirib chiqarishi hamda oxir-oqibat bu illatga chalingan odamning umri zavol boʻlishi toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.









Bundan tashqari, giyohvandlikning kelib chiqishi, sogʻliqni saqlash tizimida giyohvandlik illatiga duchor boʻlgan insonlar bilan ishlashga qaratilgan, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan faoliyatida uchragan hayotiy misollar bilan yigʻilganlarga maʼlumot berdi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga giyohvandlik moddalarning girdobiga tushib qolganlarning ayanchli taqdiri tahliliy maʼlumot va faktlar asosida video film namoyish etildi.

Tadbir soʻngida talaba yoshlar tomonidan berilgan koʻplab savollarga soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.

22:19 / 2023-02-11
Success helper
Success warning