“Moliya-iqtisod terminlarining qoʻllanilishi va muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

“Moliya-iqtisod terminlarining qoʻllanilishi va muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

Toshkent moliya instituti “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan 2022-yil 13-oktabr kuni “Moliya-iqtisod terminlarining qoʻllanilishi va muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

 

Unda institut rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish” departamenti vakillari, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 

Konferensiyada oʻzbek tili va terminalogiyaga oid ilmiy-amaliy masalalar muhokama qilindi, oliy taʻlim tizimida zamonaviy pedogodik texnologiyalar, taʻlimning nazariy muammolari, oliy taʻlim tizimini takomillashtirish usullari yuzasidan fikrlar bildirildi.



 

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish” departamentining bosh mutaxassisi Gʻofurjon Xamroyev, Innovatsion rivojlanish vazirligi bosh mutaxassisi, f.f.n., dots. Shahnoza Ergasheva, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʼzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Tarjima kengashi raisi,f.f.n., Zuhriddin Isomiddinov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti f.f.d., prof, Hamidulla Dadaboev , TMI "Oʻzbek va rus tillari kafedrasi" professori, filologiya fanlari doktori N.A.Xusanov, TDSHU Oʻzbek tili kafedrasi dotsenti, f.f.n., Oʻroqboy Lafasov  dolzarb mavzularda qiziqarli maʻruzalar qildilar.



 

Anjumanda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti davlat universiteti qoshidagi Tillarni rivojlantirish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor I.Azimov “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.Yunusovaga “Tillarni rivojlantirish va malakasini oshirish markazi”ning malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganligi haqida yorliq va tashakkurnomasi topshirdi.

20:37 / 2022-10-13
Success helper
Success warning