UCHINCHI RENESSANS: IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH ISTIQBOLLARI

UCHINCHI RENESSANS: IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH VA BOSHQARISH ISTIQBOLLARI

Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan 24-noyabr kuni “Uchinchi Renessans: iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va boshqarish istiqbollari” mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

 

 

Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot Strategiyasida ilm va innovatsiyalarni rivojlantirish masalasi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilab olingan boʻlib, bu borada koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

 

 

Mazkur xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman ham ana shu maqsadlar samarasi oʻlaroq tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Konferensiya yuqori savida tashkil etilib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mutaxassislari, Xorijiy va mahalliy Oliy taʼlim muassasalari professor – oʻqituvchilari, olimlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistiratura talabalari va iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdilar.

 

 

 

 

 

13:50 / 2023-11-24
Success helper
Success warning