OʻZBEKISTON BANK TIZIMINI TRANSFORMATSIYA QILISHNING FUNDAMENTAL ASOSLARI VA MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

OʻZBEKISTON BANK TIZIMINI TRANSFORMATSIYA QILISHNING FUNDAMENTAL ASOSLARI VA MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 78-F-sonli farmoyishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 6-martdagi 122-sonli buyrugʻiga muvofiq yuqorida qayd etilgan mavzu doirasida Toshkent moliya instituti “Bank ishi” va “Bank hisobi va audit” kafedralari tomonidan mavzusida 2021-yil 26-noyabr kuni respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. 

Konferensiyani Ilmiy va innovatsiyalar boʻyicha prorektor i.f.d., professor Mexmonov Sultonali Umaraliyevich oʻz chiqish soʻzlari bilan ochib berdilar. Unda moliya va bank sohasidagi xalqaro ekspertlar, respublika yetakchi tijorat banklari vakillari, soha mutaxassislari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlarining yetakchi professor-oʻqituvchilari va yosh olimlari ishtirok etdilar. 





Jumladan, Oʻrinbayev Shuxrat Xamdam oʻgʻli, “Ipoteka bank” ATIB Strategiya departamenti direktori - Transformatsiya va xususiylashtirishga tayyorgarlik boʻyicha Ipoteka-bank tajribasi; Taxirov Madjid Xamidovich, “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi - Banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirishda bank aktivlarining roli; Sultanov Yorqin Mirvaliyevich, “Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki” ATB Strategik rivojlantirish departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari - Oʻzsanoatqurilishbankida transformatsiya jarayonlari; Stroganova Irina Aleksandrovna, Belarus Respublikasining Polosk Davlat Universiteti professori - Belarus Respublikasi bank tizimining raqamli transformatsiyasi; Abdullayeva Sharbat Zulfiqorovna, Toshkent moliya instituti “Moliya va kredit” kafedrasi professori, i.f.d. - Kreditlash va kredit tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish yoʻllari; Omonov Akrom Abdinazarovich, Toshkent moliya instituti “Bank ishi” kafedrasi mudiri, i.f.d., prof. - Tijorat banklari kapitali tarkibidagi davlat ulushini mahalliy va xorijiy investorlarga sotishning dolzarb masalalari; Kadirov Ermat Tashpulatovich, Toshkent moliya instituti “Bank hisobi va audit” kafedrasi dotsenti, i.f.n. - Oʻzbekistonda valyuta bozorini kengaytirish va uni barqarorlashtirish yoʻllari mavzularida oʻz maʼruzalari bilan plenar yigʻilishda chiqish qildilar. Konferensiya maʼruzalar doirasida qizgʻin savol-javoblar va mulohazalar asosida samarali tashkil etildi.







Konferensiya natijalari boʻyicha uning ishtirokchilari tomonidan tijorat banklarini transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega boʻlgan investorlarga tanlov asosida sotish innovatsion rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.





 

10:37 / 2021-12-01
Success helper
Success warning