“Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi Ilmiy maqolalar tanlovini o‘tkazmoqda

“Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi Ilmiy maqolalar tanlovini o‘tkazmoqda

 

Toshkent moliya instituti bakalavr ta’lim yo‘nalishi barcha bosqich talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

 

✨✨✨Yangi yilni nafaqat yaxshi kayfiyat, balki foydali mashg‘ulot va ajoyib sovrinlar bilan qarshi olmoqchimisiz?

Unda quyidagilarni diqqat bilan o‘qing, qatnashing va pul mukofotiga ega bo‘ling!

 

🏢“Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy maqolalar tanlovida ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni qayd etsangiz, Xalqaro Impact factori yuqori jurnallarda maqolangizni bepul chop etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

1️⃣-o‘rin uchun sovrin: bazaviy stipendiyaning 2-baravari;

2️⃣-o‘rin uchun sovrin: bazaviy stipendiyaning 1.5 baravari;

3️⃣-o‘rin uchun sovrin: bazaviy stipendiyaning 1 baravari.

 

Tanlov muddati: 5-yanvargacha.

 

Tanlovda qatnashish shartlari:

- “Ilmiy maqolalar tanlovi”ga taqdim etiladigan maqolalar jahon andozalari hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida olib borilayotgan tadqiqotlar tizimidagi andozalardan kelib chiqqan bo‘lishi kerak.

 

Qo‘shimcha savollar va maqolalar jo‘natish bo‘yicha kafedra elektron manzili:

shavkatov_navruzbek@tfi.uz @Econ_3207 telegram manzili yoki +998939603207 telefoni orqali murojaat etish mumkin.

 

Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:

- Maqola mavzusi (Title);

- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information);

- Maqola annotatsiyasi (Abstract);

- Tayanch so‘zlar (Key words);

- Kirish (Introduction);

- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review);

- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology);

- Tahlil va natijalar (Analysis and results);

- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations);

- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References).

 

Maqolalar Plagiat dasturida tekshiriladi. Originallik 70 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.

Shoshiling, iqtidorli talabalar g‘oliblar qatoridan joy oling!!!

13:18 / 2023-12-25
Success helper
Success warning