InnoWeek.Uz–2023: Kelishuv va shartnomalar
“InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi yakunlari bo‘yicha joriy yil 20-oktabr kuni Toshkent moliya instituti va hamkor tashkilotlar o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan memorandum, kelishuv va shartnomalarni imzolash marosimi o‘tkazildi.
Toshkent moliya instituti tomonidan AT Xalq banki (bank va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish), JURU Energy Consulting (yashil iqtisodiyot, yashil moliyalashtirish sohasida loyihalarni amalga oshirish), O‘zbekiston Auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (auditorlik, buxgalterlik xizmatlarini rivojlantirish, sohada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish), shuningdek, xususiy sektor vakillari “Uzimpexaloqa” MChJ (elektron tijoratni rivojlantirish), “Durbek biznes” MCHJ (innovatsion taʼlim xizmatlari ko‘rsatish), “Shox kosmas” MCHJ (moliyaviy savodxonlikni oshirish) va boshqa kompaniyalar bilan 10 dan ortiq umumiy qiymati 1,425 mlrd.so‘mlik hamkorlik memorandumlari, kelishuv va shartnomalar imzolandi.
TMI axborot xizmati