Masofali taʼlim texnologiyalari sohasida hamkorlik

Masofali taʼlim texnologiyalari sohasida hamkorlik

2022-yilning 13-avgust kuni Toshkent moliya instituti rektori, professor T.Z. Teshabayev, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.U. Mexmonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.X. Islamkulov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi A.X. Pardayev tarkibidagi delegatsiyaning “M-Faktor” rahbari Xasan Mamasaidov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Toshkent moliya instituti hamda “M-Faktor” oʻrtasida istiqbolda taʼlim sohasida samarali hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha muloqat va mulohazalar yuritildi. Uchrashuv davomida Toshkent moliya instiuti delegatsiyasiga Coworking, Networking,  Event zonalari va ularning imkoniyatlari tanishtirildi.






Shuningdek, “M-Faktor” tomonidan kelgusida talabalar uchun masofali taʼlimni tashkil qilish sohasidagi yangi texnologiyalar namoyishi taqdim etildi. Shu maqsad uchun moʻljallangan hamda yangi zamon texnologiyalaridan sanaladigan “Jalingo” video studiyasining jihozlari, texnologiyalari, operatorsiz va montajsiz interaktiv taʼlim videolarini yaratish texnologiyalari bilan batafsil tanishtirildi.

Uchrashuv davomida “M-Faktor” tomonidan, uning bazasida Toshkent moliya instiutining yosh va iqtidorli professor-oʻqituvchilari tarkibidan dastavval 20 nafarini va keyinchalik, aniqrogʻi 2022-yil yakunigacha  yana 50 nafarini “Jalingo” video studiyasining jixozlari, texnologiyalari, operatorsiz va montajsiz interaktiv taʼlim videolarini yaratish usullariga bagʻishlangan 8 modelni 1 oy davomida oʻrgatish boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil qili boʻyicha kelishuvga erishildi.

















15:16 / 2022-08-13
Success helper
Success warning