Talabamiz jahon kubogi musobaqasida 1-o‘rinni egalladi!

Talabamiz jahon kubogi musobaqasida 1-o‘rinni egalladi!

 

Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida 15-18-dekabr kunlari sportning Belbogʻli kurash turi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro musobaqada 30 dan ortiq davlatlardan kelgan Belbogʻli kurashchilar o‘z vazn toifasiga ko‘ra Jahon kubogi uchun kuch sinashadilar. 

Quvonarlisi, ushbu Xalqaro musobaqada Toshkent moliya institutining “Moliya” fakultetining 2-bosqich talabasi ABDUNABIYEVA FARANGIZ o’z vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda oltin medal sohibasiga aylandi.Talabamiz Abdunabiyeva Farangiz Vatanimiz shanini munosib himoya qilib, yurtimiz bayrog’ini yuqoriga ko‘tardi. 


Erishilgan g‘alaba bilan Abdunabiyeva Farangiz va uning barcha murabbiylarini, ota-onasini hamda Toshkent moliya instituti “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedasi professor-o‘qituvchilarini samimiy tabriklaymiz!

11:27 / 2023-12-18
Success helper
Success warning