INSTITUT KARYERA MARKAZIGA TASHRIF

INSTITUT KARYERA MARKAZIGA TASHRIF

Toshkent moliya institutining 30 yilligi munosabati bilan institutga tashrif buyurgan Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Sharifzoda Mumin Mashokir institutning KARYERA MARKAZI faoliyati bilan tanishdi.

 

Tanishuv davomida Sharifzoda Mumin Mashokir janoblariga institutning “Karyera markazi” faoliyati, institutning ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalari  va institutni tamomlab hozirgi kunda yurtimizning nufuzli tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan institut bitiruvchilari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

 

 


Shuningdek institut bitiruvchilarining ishga joylashish koʻrsatkichlari, buyurtmalar portfeli va bugungi kunda bitiruvchilarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

 

 

15:48 / 2021-10-04
Success helper
Success warning