“O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanishi va uni isloh qilish yo‘nalishlari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya
2023-yil 18-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanishi va uni isloh qilish yo‘nalishlari” mavzusida respublika miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish rejalashtirilgan.
Konferensiyada bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, kreditlash va bank omonatlari hajmini oshirish, bank omonatlarini himoyalashni kafolatlashni takomillashtirish, banklarni xususiylashtirish, nufuzli chet el banklarini jalb qilish, banklarga xalqaro tan olingan minimal standart va talablar asosida prudentsial me’yorlar va nazorat bazalarini takomillashtirish, tijorat banklarida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, bank xizmatlari ommabopligini oshirish kabi muhim masalalar muhokama etiladi hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.