“Yangi konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” mavzusida konferensiya-maqolalar tanlovi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga muvofiq joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent moliya instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda institut iqtidorli talabalar, magistrlar va doktorantlar o‘rtasida “Yangi konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” mavzusida konferensiya-maqolalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Tirkashova Muqaddas Baxromovna konferensiya-maqolalar tanlovi ishtirokchilarni qutlab, o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.