“Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida olimpiada bo’lib o’tdi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi F-72-son Farmoyishiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 24-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o’rganish bo’yicha talaba va o’quvchilar o’rtasida olimpiadani o’tkazish to’g’risida”gi 508-son buyrug’i bajarilishini ta’minlash maqsadida 2-dekabr kuni Toshkent moliya instituti Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi hamkorligida institut talabalari o’rtasida “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati”mavzusida olimpiada bo’lib o’tdi.
Mazkur olimpiada talabalarda katta qiziqish uyg’otdi va talabalar faol ishtirok etdilar. Tanlov natijalari tez kunda e’lon qilinadi va g’olib ishtirokchilar moddiy va ma’naviy jihatdan rag'batlantiriladilar.