O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari tomonidan Toshkent moliya instituti Bank ishi fakulteti bitiruvchilarini ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov tashkil etildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda Oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasiga berilayotgan jiddiy e’tiborga hamohang ravishda Toshkent moliya instituti tomonidan ham bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash bo’yicha tizimli ravishda islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu munosabati bilan joriy yilning 15-noyabr kuni Bank ishi fakulteti bitiruvchilari hamda institutning asosiy hamkor tashkilotlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bitiruvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov tashkil etildi. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Moliyaviy barqarorlik” departamenti direktori R.Maxammadiyev, direktor o‘rinbosari U.Jumanazarovlar tomonidan bitiruvchi kurs talabalari bilan suhbat tashkil etildi.