Toshkent moliya instituti 30 yoshda!

Toshkent moliya instituti 30 yoshda!

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy taʼlim tizimini yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Bugungi kunda yangi Oʻzbekiston dunyo hamjamiyati oldida ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sohalar boʻyicha tez rivojlanib borayotgan davlatlar reytingida yuqori oʻrinlarni egallamoqda.

 

Respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga mazkur sohada yetishib chiqayotgan kadrlar masalasi bilan bevosita bogʻlik ekanligi taʼkidlash lozim.

 

Toshkent moliya instituti esa Mamlakatimizdagi iqtisodiyotning moliya sohasiga mutaxassis kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasi hisoblanadi.

 

Institut bugun oʻttiz yoshga toʻldi. Shu munosabat bilan joriy yilning 30-sentyabr kuni Toshkent moliya institutida Toshkent moliya instituti tashkil etilganligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Moliya-bank tizimida ilm-fan, taʼlimning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishda Toshkent moliya institutining oʻrni” mavzusidagi respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Mazkur anjumanga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillari, institut rahbariyati, faxriy ustozlar va bitiruvchilar, professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
 

Tadbirni institut rektori Teshabayev Toʻlqin Zakirovich kirish soʻz bilan ochib berdi.

 

 




Anjuman davomida taklif etilgan mehmonlar, faxriy ustozlar soʻzga chiqdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

Anjumandan so'ng kelgan mehmonlar,professor-o'qituvchilar va institut hodimlari uchun bayram dasturxoni yozildi va esda qolarli kuy-qo'shiqlar ijro etildi.
 

 

 

30 yillik yakuni Institut turli seksiyalarida respublika miqyosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanlarga ulanib ketdi.

 

20:27 / 2021-09-30
Success helper
Success warning