Qoʻshma fakultet talabalari muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishdi

Qoʻshma fakultet talabalari muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishdi

Milliy qonunchiligimizda fuqarolarning saylash huquqini taʼminlash maqsadida muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati yaratilgan.

Yaʼni, saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Toshkent moliya instituti va Polotsk Davlat universitetida qoʻshma taʼlim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalarimiz ham muddatidan oldin ovoz berish huquqidan keng foydalanishmoqda.

Xususan, joriy yilning 19-oktabr kuni qoʻshma fakultet talabalari uchun Polotsk Davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun muddatidan avval tashkil qilingan saylovda ishtirok etishdi.




 

 “Biz Toshkent moliya instituti va Polotsk Davlat universiteti oʻrtasidagi hamkorlik asosida tashkil etilgan qoʻshma fakultetda tahsil olamiz. Qoʻshma taʼlim dasturida koʻrsatilganidek, ayni vaqtda biz 3 bosqichdan oʻqishimizni Belarus Respublikasida davom ettirmoqdamiz. Yangi mamlakat, yangi hislar va yangi taʼlim imkoniyatlari... Lekin bu bilan birga biz oʻz vatanimizni ham unutganimiz yoʻq va Respublikamizdagi siyosiy jarayonlarga befarq emasmiz. Bu yil mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentligiga saylov oʻtkazilmoqda. Va, albatta, biz ham eng munosib nomzodga ovoz berishni xohlaymiz. Shuning uchun ham Oʻzbekistonning Belarus Respublikasidagi elchixonasi bilan birgalikda Polotsk davlat universitetida biz uchun muddatidan oldin saylov jarayonlari tashkil etildi. Ushbu jarayon juda ham koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Yana shuni taʼkidlashni istardimki, bu yerda ovoz berishning barcha qoidalariga amal qilingan hamda yashirin ovoz berish uchun saylovchilarga qulayliklar yaratilgan", – deydi TMI-PDU qoʻshma fakulteti 3-bosqich talabasi Sevinch Abdullayeva.


 

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, Toshkent moliya instituti hamda Belarus Respublikasining Polotsk Davlat universiteti hamkorligida 2019-yil “TMI-PDU” qoʻshma fakulteti tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda ushbu fakultetda 200 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Talabalar qoʻshma fakultetda “Moliya va moliyaviy texnologiyalar”, “Bank ishi va audit”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Biznes-tahlil” hamda “Elektron tijorat” kabi bir nechta yoʻnalishlarda tahsil olmoqda.

TMI matbuot xizmati

17:00 / 2021-10-20
Success helper
Success warning