“Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi

 “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi

Joriy yilning 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir qator vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Toshkent moliya institutiga Toshkent shahar Yunusobod tumani, Toshkent tumani hamda Zangiota tumanidagi umumtaʼlim maktablari biriktirilgan.  Bugungi kunda institut hamkorligida mazkur maktablarda taʼlim-tarbiya jarayonini yana-da yaxshilash uchun amaliy ishlar olib borilmoqda.
 
 
Xususan, joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent moliya instituti tashabbusi bilan institutga biriktirilgan Zangiota tumanidagi 1-sonli maktab bitiruvchilari kelajakdagi kasb tanlashiga amaliy yordam berish maqsadida ko‘chma “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
 
 
 
 
Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, maktab pedagog-xodimlari, o‘quvchi-yoshlar, ularning ota-onalari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
 
 
Mazkur tadbirda maktab o‘quvchilari uchun Toshkent moliya instituti tomonidan oliygohning har bir fakulteti – taʼlim yo‘nalishi kesimida maʼlumotlar taqdim etildi. O‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalariga atroflicha maʼlumotlar berildi. 
 
 
 
 
 
Bundan tashqari, 5 ta muhim tashabbus doirasida maktab o‘quvchilari orasida shashka, voleybol, futbol kabi sport turlaridan musobaqalar tashkil etildi. G‘olib o‘quvchi-yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 
 
 
 
 
 
Shuningdek, institut tomonidan maktab axborot resurs markaziga 100dan ortiq nomdagi turli badiiy adabiyotlar sovg‘a sifatida topshirildi.
 
 
Tadbirning badiiy qismida esa, “Moliyachi gulshani” raqs-ansamblining turli kuy-qo‘shiqlari, maktab o‘quvchilarining musiqali chiqishlari tadbir shukuhiga alohida ruh bag‘ishladi.
 
 
 
 
 
 
Ochiq eshiklar kunida ishtirok etganlar tadbir o‘zgacha kayfiyatda, maʼlumotlarga boy amaliy tadbirlardan biri bo‘lganligini alohida taʼkidlab o‘tishdi.
 
 
Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki, institutga biriktirilgan maktablarda bu kabi uchrashuvlar, tadbirlar davomli bo‘lishi rejalshtirilgan.
 
 
16:39 / 2022-04-25
Success helper
Success warning