“Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” boʻyicha profilaktik tadbiri oʻtkazildi

“Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” boʻyicha profilaktik tadbiri oʻtkazildi

 

2024-yilning 23-yanvar kuni Toshkent moliya institutida “Dolzarb o‘ttiz kun” profilaktik tadbirlar doirasida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” bo‘yicha profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
 

Mazkur tadbirda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Y.Nasimjonov, Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i I.Kadirov, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.Shermuxamedov, Yunusobod tumani IIOFMB boshlig‘ining XPB bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik A.Bahramov, Yunusobod tuman IIOFMB 5-son IIB boshlig‘i podpolkovnik X.Suinbayev, hududiy profilaktika inspektorlari, Yunusobod tumanida joylashgan mahalla faollari va fuqarolari, institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, barcha fakultet tyutorlar va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
 






Profilaktik tadbirida doirasida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalar to‘g‘risida ma’ruzachilar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.












 

Shuningdek, jinoyatchiga jazo berishdan koʻra, uning oldini olish afzal. Bu yoʻnalishda hamkorlikni kuchaytirish lozimligi hamda jinoyatchilikka qarshi kurash nafaqat huquq-tartibot organlarining, balki barchamizning faoliyatimiz mezoni boʻlishi taʼkidlandi.
 

Tadbir davomida talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

 

 

 

18:21 / 2024-01-23
Success helper
Success warning