Boks boʻyicha olimpiada va jahon chempionlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Boks boʻyicha olimpiada va jahon chempionlari bilan uchrashuv tashkil etildi

 

2023-yil 26-oktyabrda Toshkent moliya instituti “Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar” boʻlimi, “Bank ishi” fakulteti hamda “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy  taʼlim,  fan ya innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgust 351-son buyrugʻi 16-bandida keltirilgan “Sport turlari boʻyicha olimpiada, jahon, respublika bosqichi gʻoliblari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazish” maqsadida boks boʻyicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan taniqli bokschilar taklif etildi.



 

Xususan, tadbirda instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori K.Karimova, Oʻzbekiston boks boʻyicha terma jamoasi murabbiyi Raxmatjon Roʻziaxunov, yoshlar boʻyicha murabbiy Akmal Xasanov,  2 karra jahon chempionati sovrindori, 2 karra Osiyo chempioni, professionallar oʻrtasida WBO Inter-Continental (2020) va WBA Continental Americas (2019-2021) yoʻnalishlarining amaldagi chempioni Bektemir Meliqoʻziyev, 2021-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, Osiyo oʻyinlari chempioni, oʻsmirlar oʻrtasida olimpiya oʻyinlari chempioni, 2018-yilda yoshlar oʻrtasida jahon chempioni Abdumalik Xalakov, 2023-yilgi IBA erkaklar oʻrtasidagi boks boʻyicha yarim oʻrta vazn toifasida jahon chempionati oldin medali sohibi Asadxoʻja  Moʻydinxoʻjayev, 2023-yilgi jahon chempioni, 2022-yilda Osiyo chempioni Ruslan Abdullayev hamda “Bank ishi”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Byudjet hisobi va gʻaznachiligi” va “Soliqlar va sugʻurta” fakultet talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

 






 




















Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor K.Karimova kirish soʻzi bilan ochib berdi. Birinchi prorektor oʻz nutqida bugungi kunda institut talaba-yoshlarini sportga keng jalb qilish, bu borada oliygohda yaratilayotgan shart-sharoitlar haqda toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, K.Karimova o‘tkazilayotgan mazkur tadbir olib borilayotgan saʼy-harakatlarning amaliy natijasi ekanligini, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan bokschilar va talaba-yoshlar uchrashuvi bevosida institutda tahsil olayotgan talabalar orasida sportga boʻlgan eʼtibor va qarashlarini rivojlantirishda muhim omil boʻlishini taʼkidladi.















Bevosita chempionlar bilan savol-javob tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuv yuqori saviyada oʻtkazildi. Talabalar sport ustalariga oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va atroflicha javoblarni oldi.





 

Tadbir soʻngida mehmonlarga esdalik sovgʻalar topshirildi.

 

 

19:39 / 2023-10-26
Success helper
Success warning