Buxgalteriya hisobi va audit fakultetida talaba-qizlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
Buxgalteriya hisobi va audit fakultetida 28-oktyabr kuni fakultetda tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda institut Xotin-qizlar kengashi rahbari B.Nurmuhamedova, fakultet Xotin-qizlar kengashi rahbari N.Abdiyeva, tyuter H.Inoyatova va talaba-qizlar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida fakultet talaba-qizlariga Toshkent moliya institutida faoliyat yurituvchi Xotin-Qizlar maslahat Kengashi faoliyati, uning maqsadi va vazifalari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Shu bilan bir qatorda institut ichki-tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, jumladan, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, oʻqishdagi davomat yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, B.Nurmuhamedova va N. Abdiyevalar tomonidan talaba qizlarga Oʻzbekiston Respublikasida xotin-qizlarni qoʻllab quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va jamiyat hayotidagi rolini yanada oshirish bilan bogʻliq amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Uchrashuv soʻngida muhokama qilingan masalalar yuzasidan talaba-qizlarning savollariga javob berildi.