Talabalar turar joyidagi sharoitlar oʻrganilmoqda

Talabalar turar joyidagi sharoitlar oʻrganilmoqda

Joriy yilning 8-sentabr kuni “Bank ishi” fakulteti dekani Uygʻun Ortiqov, dekan muovinlari Saitmurod Djumanov va Bekzod Boyev hamda fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha yetakchisi 3-kurs talabasi Abrorjon Ibrohimov Toshkent moliya instituti 2-sonli Talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar turar joyida bugungi kunda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi hamda talabalarning taklif va oʻzlarini qiziqtirayotgan savollarga javoblar berildi.

 

Agar Sizda talabalar turar joyiga joylashish boʻyicha savollar boʻlsa, fakultet dekanatiga murojaat qilishingiz mumkin!

 

13:59 / 2021-09-09
Success helper
Success warning