G'olib talabamiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

G'olib talabamiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

Xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida 15-18-dekabr kunlari sportning Belbogʻli kurash turi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

Xalqaro musobaqada 30 dan ortiq davlatlardan kelgan Belbogʻli kurashchilar o‘z vazn toifasiga ko‘ra Jahon kubogi uchun kuch sinashadilar. 

 

Quvonarlisi, ushbu Xalqaro musobaqada Toshkent moliya institutining “Moliya” fakultetining 2-bosqich talabasi ABDUNABIYEVA FARANGIZ o’z vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda oltin medal sohibasiga aylandi.Talabamiz Abdunabiyeva Farangiz Vatanimiz shanini munosib himoya qilib, yurtimiz bayrog’ini yuqoriga ko‘tardi. 

 

Bugun, 19-dekabr kuni institut rahbariyati va bir qator institut vakillari g'olib bo'lgan talabalarimizni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olishdi.

 

 

 

 

 

 

Talabamizni institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!

15:51 / 2023-12-19
Success helper
Success warning