Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbat jarayoniga start berildi

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbat jarayoniga start berildi

Joriy yilning 10-avgustidan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2022/2023 o‘quv yilida Toshkent moliya institutining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga o‘qishga qabul qilish uchun suhbat jarayoniga start berildi.

 

Suhbat jarayonini avvalida institut rektori T.Z.Teshabayev ishtirok etib, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga o'zining iliq tilaklarini bildirdi hamda texnikum bitiruvchilari bor bilim-zakovatlarini ko'rsatib, Toshkent moliya instituti talabasi bo'lishdek baxtga sazovor bo'lishlarini tiladi.

 

 

Shundan so'ng, suhbat jarayoning asosiy qismi boshlandi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur jarayonni shaffof, xolis o‘tkazish maqsadida institutda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli translyatsiya qilinib, texnikum bitiruvchilarining ota-onalar va yaqinlari bevosita kuzatib borish imkoniyati yaratilmoqda.

 

 

 

Suhbat jarayoni jadval bilan tanishish: http://qabul.tfi.uz/?p=237

 

Suhbat jarayoni 19-avgust kuniga qadar davom etadi.
20:57 / 2022-08-10
Success helper
Success warning