Til bor ekan, millat barhayot!
Bugun, 21-oktabr "Oʻzbek tili bayrami kuni" munosabati bilan Adiblar xiyobonida Toshkent moliya instituti tomonidan “Til bor ekan, millat barhayot” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi mudiri, dotsent Nilufar Yunusova, professor Nishonboy Husanov, dotsent Shaxnoza Maxkamova “Davlat tilining ahamiyati”, “Ona tili - millat ruhi”, “Til – millat koʻzgusi” mavzularida maʼruza qilishdi va talabalarga oʻzbek tilining tarixi, jozibadorligi, jamiyatdagi tutgan oʻrni haqida maʼlumot berishdi.
Soʻng oʻzbek adabiy tilining asoschisi, buyuk shoir Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʻyildi.