Toshkent moliya instituti hamda Jizzax shahri va Arnasoy tuman hokimliklari o'rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

Toshkent moliya instituti hamda Jizzax shahri va Arnasoy tuman hokimliklari o'rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

“InnoWeek.Uz–2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi yakunlari bo‘yicha Toshkent moliya instituti tomonidan Jizzax viloyatining Jizzax shahri va Arnasoy tumani hokimliklari bilan umumiy qiymati 500 mln so‘mlik quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi:

 

 

✅Yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va startap loyihalarni qo‘llab – quvvatlashga qaratilgan Inkubatsiya dasturi;

 

✅Kichik biznes subyektlarini rivojlantirish va investitsiyalar jalb etishga qaratilgan Akseleratsiya dasturi;

 

✅Yoshlar va jamoatchilikning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy dasturlar.

 

Mazkur kelishuvlarga muvofiq, Toshkent moliya institutining jamoasi ishtirokida Jizzax viloyatining tegishli hududlarida yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi innovatsion loyihalar hamda startaplarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish choralari ko‘riladi.

 

TMI axborot xizmati

08:39 / 2023-10-21
Success helper
Success warning