Qoʻshma fakultet talabalari uchun zamonaviy oʻquv auditoriyalari foydalanishga topshirildi
Polotsk davlat universiteti rektori Oleg Aleksandrovich Romanov hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Golubev Yuriy Petrovich amaliy tashrif bilan Toshkent moliya institutida ekanligini xabar qilgan edik.
Shu kunning oʻzida Toshkent moliya instituti rektori Teshabayev Toʻlqin Zakirovich hamda Polotsk davlat universiteti rektori Oleg Aleksandrovich Romanov TMI-PDU qoʻshma fakulteti joylashgan binoda toʻliq taʼmirlanib, zamonaviy jixozlangan oʻquv auditoriyalarining ochilishida ishtirok etdilar.
Mazkur auditoriyalarda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish bilan bir qatorda, qoʻshma fakultetda tahsil olayotgan talabalar bilan suhbat uyushtirildi.
Qoʻshma fakultet talabalari Polotsk davlat universiteti rektori O.Romanovdan Belarus davlatida oʻqish, yashash va talabalarga yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olish imkoniyatiga ega boʻldi.