Toshkent moliya instituti va AT Xalq banki o‘rtasida o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

Toshkent moliya instituti va AT Xalq banki o‘rtasida o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

“InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi yakunlari bo‘yicha joriy yil 20-oktabr kuni Toshkent moliya instituti va AT Xalq banki o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-innovatsion hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilmoqda:

 

 

Kichik biznes subyektlarini rivojlantirish va investitsiyalar jalb etishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;

 

Yoshlar va jamoatchilikning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy dasturlar;

 

Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

 

Hamkorlikda ilmiy va amaliy-innovatsion loyihalar va dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;

 

✅Bank xizmatlari sohasiga eng ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

 

Mazkur memorandum doirasida Toshkent moliya instituti jamoasi va AT Xalq banki hamkorligida zamonaviy bank va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish, yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi innovatsion loyihalar hamda startaplarni amalga oshirishga ko‘maklashish choralari ko‘riladi.

 

TMI axborot xizmati

08:42 / 2023-10-21
Success helper
Success warning