“SOʻZ BOSHI ASSALOM, ISH BOSHI INTIZOM”

“SOʻZ BOSHI ASSALOM, ISH BOSHI INTIZOM”

2022-yil 29-sentabr kuni “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan Toshkent moliya institutining 3-TTJ da kafedra xaftaliklari doirasida “SOʻZ BOSHI ASSALOM, ISH BOSHI INTIZOM” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” pedogog-xodimlari, “Byudjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti tyuterlari va 3-TTJ da talaba qizlari qatnashdilar.



Taʼlim-tarbiya haqida soʻz ketganda, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, degan chuqur maʼnoli fikri yodimizga tushaveradi. Buyuk maʼrifatparvar bobomizning bu soʻzlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim boʻlgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ham shunchalik, balki undan ham koʻproq dolzarb ahamiyatga ega.

19:17 / 2022-09-29
Success helper
Success warning