Xalqaro ilmiy tajriba o’rganilmoqda

Xalqaro ilmiy tajriba o’rganilmoqda

Xabaringiz bor, Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilaridan tashkil topgan ilmiy jamoa ayni kunlarda Chexiya Respublikasi Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida oʻz malakalarini oshirmoqdalar.







Ilmiy jamoa Chexiya universitetlari oʻrtasida soʻngi yillarda ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslanib aniqlanadigan Czech Science Assessment (  RIV ) – reytingida birinchi oʻrinni egallab kelayotgan Karlov universitetiga tashrif buyurishdi. 







Tashrif davomida universitetning bibliometrik va ilmiyometrik xizmatlari (bibliometric and scientometric services) dan foydalanish amaliyoti, "Karlov universiteti ilmiy tadqiqotlar etikasi komissiyasi" faoliyati hamda universitetning ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasi bilan yaqindan tanishishdi. 

Shuningdek, tashrif soʻngida jamoa universitet kutubxonasi bazasi bilan tanishdi, kutubxona tomonidan esa Toshkent moliya institutiga turli iqtisodiy sohalarga taalluqli kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi. 





Bundan tashqari, ilmiy jamoa universitet ilmiy kengashlarida soʻngi yillarda himoya qilingan ilmiy ishlar katalogi bilan yaqindan tanishib, oʻzlari uchun foydali ilmiy kontentga ega boʻlishdi. Karlov universiteti professor oʻqituvchilari bilan oʻzlarini qiziqtirgan mavzular doirasida oʻzaro fikr almashib, kelgusida turli fanlar doirasida hammualliflikda darsliklar, oʻquv uslubiy qoʻllanmalar, monografik tadqiqotlar va maqolalar ustida izlanishlar olib borishga kelishib olindi.


 

10:04 / 2022-08-08
Success helper
Success warning