“Markaziy Osiyo oliy ta'lim xabi sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o
Ayni vaqtda Toshkent shahridagi “Whyndham Tashkent" mehmonxonasida “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma'rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan YuNESKO, Britaniya Kengashi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Markaziy Osiyo oliy ta'lim xabi sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o'z ishini boshladi.
Unda rektor T.Teshabayev boshchiligidagi institut vakillari ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, tadbirda Markaziy Osiyo mintaqasi vakillari, nufuzli oliy ta'lim muassasalari rektorlari, 20 dan ortiq mamlakatlar mutaxassis va tadqiqiotchilari qatnashmoqda.
Anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlarida oliy ta'limning xalqarolashuvi, mintaqadagi oliy ta'limning transformatsiyasi, o‘zgaruvchan muhitda oliy ta'lim va innovatsiyalarning yangi roli muhokama qilinadi, o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi.