Toshkent moliya institutida xalqaro loyihaning yopilish marosimi boʻlib oʻtdi
Rossiya Federatsiyasi Taʻlim va fan vazirligi "Rus tilida ochiq taʻlim va chet elda rus tilini oʻqitish markazlari tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish" granti uchun tanlov eʻlon qilingan boʻlib, muvaffaqiyatli oʻtildi.
2022-yil fevral oyida Toshkent moliya instituti va Pitirim Sorokin nomidagi Siktvkar davlat universiteti oʻrtasida (SGU) shartnoma imzolandi, uning asosida loyihada ishtirok etish amalga oshirildi va 2022-yil 12-sentabr kuni Toshkent moliya instituti negizida rus tilida oʻqitish va rus tilini oʻqitish boʻyicha Ochiq taʻlim markazi ochildi.
Ushbu loyiha 01.09.2022 dan 15.12.2022 gacha rejalashtirilgan boʻlib, muvaffaqqiyatli yakunlandi.
SDU va TMI “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi birgalikda xalqaro grantda ishtirok etish uchun ariza topshirdi va tanlovdan muvaffaqqiyatli oʻtilib, loyiha ishlari amalga oshirilib kelindi.
Shuningdek, loyiha doirasida qoʻshimcha taʻlim dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish taʻminlanandi.
2022-yil 15-dekabr kuni “Begona boʻlmagan slavyan tili” loyihasi va “Slavyan madaniy kodeksi” festivali doirasida Pitirim Sorokin nomidagi Siktvkar davlat universiteti (SDU) Millatlararo hamkorlik markazi rahbari filologiya fanlari nomzodi, dotsent V.A.Maltseva “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi oʻqituvchilari, maktab oʻquvchilari va loyiha ishtirokchilari bilan loyiha yopilishi marosimi oʻtkazildi.