TMI vakillari xalqaro reyting borasidagi yirik anjuman “QS Higher Ed Summit: Asia Pacific-2022”da ishtirok etishmoqda

TMI vakillari xalqaro reyting borasidagi yirik anjuman “QS Higher Ed Summit: Asia Pacific-2022”da ishtirok etishmoqda

Dunyoning barcha oliy ta’lim muassasalari ilg’or tendensiyalar asosida raqobatlashib kelmoqdalar. Xalqaro oliy ta'limning so'nggi tendentsiyalari QS Quacquarelli Symonds global oliy ta'lim sektori bo'yicha xizmatlar, tahlillar va tushunchalar bo'yicha dunyodagi yetakchi provayder bo'lib xizmat qilmoqda. Uning vazifasi dunyoning istalgan nuqtasidagi ta'lim sohasidagi yutuqlar, xalqaro mobillik va rivojlanishi orqali o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon berishdir.

 

 

Toshkent moliya instituti ham dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassalaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, institut "QS Rankings"da “Reporter” maqomini olgan. Mazkur yo’nalishdagi ishlarning yanada natijadorligiga erishish, institut xalqaro reyting kirishda qo’shimcha ravishda qilinishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalarni aniqlab olish maqsadida TMI vakillari: Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Alimnazar Islamkulov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i Abdunabi Pardayev, shuningdek, Azizbek Xaitov va Sabina Berdiyevalar Indoneyziyaning Jakarta shahrida 8-10 noyabr kunlari bo’lib o’tayotgan “QS Higher Ed Summit: Asia Pacific-2022”da  ishtirok etmoqdalar.

 

 

15:29 / 2022-11-08
Success helper
Success warning