Xalqaro reytinglarda tan olingan nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik davom etmoqda

Xalqaro reytinglarda tan olingan nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik davom etmoqda

Bugun Times Higer Education (THE) xalqaro reytingidan oʻrin olgan Sankt Peterburg politexnika universitetining Menejment, iqtisodiyot va savdo instituti vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.



Institut direktori V.Shepinin boshchiligidagi delegatsiya bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Islamkulov, “Moliya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi.  



Uchrashuvda oʻzaro aloqalar doirasida ikki tomonlama professor-oʻqituvchilar, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlik qilishga kelishib olindi. 









Tadbir soʻngida oʻtkazilgan muzokaralar yakuni boʻyicha Hamkorlik bayonnomasi imzolandi.

22:27 / 2022-05-25
Success helper
Success warning