Institutimiz jamoasi Xitoy universitetlari ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Institutimiz jamoasi Xitoy universitetlari ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

 

Joriy yilning 11-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innotexnopark binosida Xitoy universitetlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazmada Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Islamkulov boshchiligida institut jamoasi ishtirok etdi. 

 

 

 

 

Unda institut jamoasi Xitoy universitetlarining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishishdi.

 

 

 

Ko‘rgazma davomida Xitoyning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun turli xil grantlarni jalb qilish yuzasidan kelishuvlar olib borildi.

13:28 / 2023-12-11
Success helper
Success warning