Bank ishi fakultetida Xotin-qizlar o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi

Bank ishi fakultetida Xotin-qizlar o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 16-noyabr kuni Toshkent moliya instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi faollari tomonidan Bank ishi fakulteti talaba-qizlari oʻrtasida “Odobimiz — ziynatimiz” mavzusida uchrashuvlar o`tkazildi.

Uchrashuvda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi B.Nurmuxammedova, Magistratura bo`limi Xotin-qizlar qo`mitasi raisi  Z.Sagdullayeva, Institut psixologi U.Abdulazizova, instituti shifokori U.Saliyeva, fakultet Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Z.Xudoyberganova,  fakultet tyutori N.Egamberdiyeva, “Bank ishi” kafedrasi o`qituvchisi PhD D.Murodova va fakultet talaba qizlar ishtirok etdilar.





Uchrashuvda soʻz olgan kengash faollari mamlakatimizda yoshlarga, xotin-qizlarga berilayotgan ulkan imkoniyatlar, institut talablari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut ichki mehnat intizomi, tartib qoidalariga va odob axloq etikasiga rioya qilish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni qadrlash, kiyinish va muomala madaniyati, tozalikka eʼtibor qaratish toʻgʻrisida fikr bildirishdi. Oʻquv xonalari, zallar, jihozlar, kompyuter texnikalari va maishiy xonalardan toʻgʻri foydalanish kerakligi haqida toʻxtalib oʻtildi.





Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.


01:36 / 2021-11-17
Success helper
Success warning