Institutda “Yashil makon - 2023” tadbirlari davom etmoqda

Institutda “Yashil makon - 2023” tadbirlari davom etmoqda

Toshkent moliya instituti rektorining tashabbusi bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.N.Oblomuradov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilardan iborat Ishchi guruhi institutning Andijon fakultetiga ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-innovatsion yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligini , pedagog-xodimlarning ilmiy salohiyatni hamda ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini yana-da  oshirish maqsadida tashrif buyurishdi.

 

 

Tashrif Ishchi guruhi a’zolari, Andijon fakulteti rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo qilingan “Moliyachi bog‘i” hududiga daraxt ko‘chatlari ekish tadbirlari bilan boshlandi. Tadbir davomida Andijon fakulteti hududida tashkil etilgan "Moliyachi bog‘iga" viloyatning iqlim sharoitiga mos keladigan 50 tupdan ortiq pavlovniya, oq qayin, lola daraxtlari hamda turli mevali daraxtlar ko‘chatlari ekildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Shuningdek, “Yashil makon - 2023” tadbirida Toshkent moliya instituti vakillari bilan birgalikda, Oltinsoy tumani hokimlik vakillari, tuman nuroniylari va yoshlari, ekologiya organlari hamda o‘rmon xo‘jalik vakillari faol ishtirok etishdi.

18:29 / 2023-11-02
Success helper
Success warning