Toshkent moliya institutida  yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv taktik mashgʻulot boʻlib oʻtdi

Toshkent moliya institutida  yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv taktik mashgʻulot boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 11-noyabr kuni Toshkent moliya institutida yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv taktik mashgʻulot boʻlib oʻtdi. 

Mazkur mashgʻulot tadbirida Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar xodimlari, boʻlim boshliqlari R.Muxamedov, Z.Berdiqulov, dekan muovinlari, pedagog-xodimlar, talabalar va ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.








Ushbu oʻquv taktik mashgʻulotni boshlashdan avval institut yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Oʻ.T.Narbayev soʻzga chiqib, oʻquv taktik mashgʻulotni ochib berdi. 





Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi A.Kenjaqulov yongʻin sodir boʻlganda, yongʻinni qanday bartaraf qilish, jabrlanganlarga qanday qilib yordam berish toʻgʻrisida maʼruza qildi. 

Tuman inspektori N.Qoʻchqorov va tezkor boʻlinma xodimlari tomonidan maxsus texnik-vositalar orqali taktik mashgʻulotlar amalda koʻrsatib berildi.


21:02 / 2021-11-14
Success helper
Success warning