30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent moliya instituti rektorining bayram tabrigi!

30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent moliya instituti rektorining bayram tabrigi!

Assalomu alaykum hurmatli talaba-yoshlar!

 

Avvalambor, Toshkent moliya institutida tahsil olayotgan, faoliyat yuritayotgan talaba-yoshlarni 30-iyun “Yoshlar kuni” bayrami munosabati bilan chin qalbidan institut rahbariyati va oʻzim nomimdan samimiy muborakbod etaman.

 

Mamlakatimiz kelajagi va ertasi boʻlgan boʻlgan siz kabi azmu-shijoatli, ilgʻor bilim va amaliy tajribaga ega, kreativ fikrlaydigan yoshlar bor ekan, albatta, yurtimiz yanada rivojlanib boraveradi.

 

Maʼlumki, 2017-yilning 30-iyun kuni muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi hamda ushbu sana Oʻzbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida nishonlanishi yoshlarga qaratilayotgan eʼtiborning yaqqol namunasi boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Albatta, Respublikamizda yoshlarga katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, institutimizda ham talaba-yoshlarimizni ham tomonlama yetuk kadr boʻlib yetishishlari, sifatli va bugungi mehnat bozoriga mos taʼlim olishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratilmoqda.

 

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda oliygohimizda 15 ming nafardan ortiq talaba-yoshlarimiz moliya-bank sohalaridagi turli mutaxassisliklarda tahsil olmoqdalar. 2022-2023 oʻquv yilida Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari koʻplab yutuqlarga erishdilar. Jumladan: 1 nafar Prezident stipendiyasi, 6 nafar Alisher Navoiy stipendiyasi, 1 nafar Islom Karimov stipendiyasi, 10 nafar Rektor stipendiyasi, 5 nafar Murod Sharifxodjayev nomli stipendiyalari sohiblari boʻldilar. Institut iqtidorli talabalari oʻrtasida “Student science week” talabalarning ilmiy haftaligi doirasida turli xil tanlovlar muntazam ravishda oʻtkaziladi. Gʻolib talabalar 5 mln. soʻmgacha ragʻbatlantiriladilar.

 

Yoshlarimizning maʼnaviy-maʼrifiy, zamonaviy dunyoqarashini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida tizimli tadbirlar, rejali amaliy harakatlar olib borilmoqda. Oliygohda “Talabalik hayoti”ni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida birgina oʻtgan oʻquv yili mobaynida institut talaba-yoshlari oʻrtasida “Bilimlar bellashuvi”,“Munozara”, Zakovat”, “Quvnoqlar va zukkolar”,“Rektor kubogi”, “Amaliy sanʼat ustalari”, “Havaskor gitara ishqibozlari”, “Talabalar teatr studiyalari”, “Gʻazal va sheʼriyat mulkining sultonlari”, “Kitobxon yoshlar”, “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi”, “Men sevgan kitob” kabi yoshlarimizni kitobxonlik, ijodkorlik, kreativlik, milliylikka targʻib qiladigan juda koʻplab koʻrik-tanlovlar tashkil etilib, gʻolib talaba-yoshlarimiz taqdirlandi. Bunda tashqari talabalarimizning sport sohasida ham katta natijalarga erishmoqdalar. Xususan, birgina 2022/2023 oʻquv yilining oʻzida 100 nafardan ortiq talaba-yoshlarimiz mahalliy, mintaqaviy va xalqaro darajadagi sport musobaqalarida munosib qatnashib, Vatanimiz bayrogʻini yuqorilarga koʻtarib kelmoqdalar. Talaba-yoshlarimizning erishayotgan bu kabi yutuqlari, albatta, bizni juda quvontiradi.

 

Fursatdan foydalanib, yana bir bor yoshlarimizning bugungi bayram bilan tabriklayman.

 

Yoshlarimizning oʻz oldiga qoʻygan ulkan va xayrli maqsadlardan chalgʻimay doimo olgʻa yurishlariga, yuqori marralarni zabt etishib, mamlakatimiz va xalqmiz taraqqiyotiga oʻz hissalarini qoʻshishlariga tilakdoshmiz.

 

Bayramingiz muborak boʻlsin!

 

Toʻlqin Teshabayev,
Toshkent moliya instituti rektori,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

21:25 / 2023-06-29
Success helper
Success warning