Ochiq eshiklar kuni – 2022
Joriy yilning 3-mart kuni Vengriyaning Obuda universiteti tomonidan Toshkent vaqti bilan 16:00-20:00 da virtual “Ochiq eshiklar kuni – 2022” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirmoqda.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad – Universitetda mavjud fakultet va o'quv dasturlari haqida ma’lumot berish hamda Vengriyaning “Stipendium Hungaricum” davlat stipendiyasi va “Erasmus” dasturi doirasida grantlarni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini talabalar va ularning ota-onalariga yoritib berishdir.
Virtual “Ochiq eshiklar kuni – 2022”da ishtirok etish istagini bildirgan talabalar va ularning ota-onalari quyidagi veb-sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin (barcha ma’lumotlar veb-sahifada mavjud):
👉https://event.lansera.io/%C3%93U-Open-Day/home
Ma'lumot uchun aytish kerakki, Universitet Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan bo‘lib, 140 yillik tarixga ega. Universitet muhandislik, axborot texnologiyalari va iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydi.